Maşhur amerikalik aktyor Arnold Şvartsenegger yuragida jarrohlik amaliyoti ötkazilgandan bir neça kun keyin Los-Anjyelesdagi şifoxonani tark etib, uyiga yöl oldi, deb ma'lum qildi tvitterda “Arni”ning vakili Deniyel Ketçell. 

70 yoşli Şvartsenegger mart oxirida yuragidagi kateter klapanini almaştiriş uçun şifoxonaga borgan. Bu amaliyot “tajribaviy” bölgan va uning davomida ba'zi qiyinçiliklar yuzaga kelgan. Amaliyotdan söng aktyor öziga kelgaç, “Terminator” filmidagi iborasiga işora qilgan holda, “I'm back" ("Men qaytdim") deb aytgan. 

TMZ naşri ma'lumotlariga köra, Şvartsenegger yuragida birinçi marta jarrohlik amaliyoti ötkazayotgani yöq. 1997 yilda uning aortal klapanini almaştiriş böyiça amaliyot ötkazilgan.