AQŞning sobiq prezidenti Jon Kennedining Karib inqirozi vaqtida Kubada sovet harbiy obektlarining joylaştirilişi aks etgan maxfiy xaritasi AQŞda sotuvga qöyildi. Ta'kidlanişiça, AQŞ bu obektlarga zarba bermoqçi bölgan.

Tarixiy hujjatlar va noyob buyumlarni sotişga ixtisoslaşgan RR Auction auksion uyining ma'lum qilişiça, sotuvga qöyilgan xaritada 1962 yil 27 oktabr sanasi qöyilgan. Xaritada Kubada sobiq ittifoq harbiy obektlari, jumladan MiG qiruvçi samolyotlari, Il-28 bombardimonçilari, “Komar” sinfidagi raketa katerlari, R-12 ballistik raketalari, “yer-yer” raketalari hamda yadroviy omborlar joylaşişişi aks etgan. 

Auktsion uyining eslatişiça, 1962 yil 27 oktabr Karib inqirozidagi eng xavfli kun bölgan va tarixga “qora şanba” nomi bilan kirgan. Auktsion uyining xaritaga ilova qilgan hujjatida aytilişiça, xaritada öşanda Kennedi zarba berişga ruxsat berganda bombalar taşlanadigan 9 ta nişon körsatilgan. AQŞ va sobiq ittifoq yetakçilarining 28 oktabrga ötar keçasi kelişa olganlari tufayli inqirozning yanada avj olişi oldi olingan va “xaritadagi qurollar Kubadan olib çiqib ketilgan”.

Foto: RR Auction

Yelim tasma bilan birlaştirilgan ikki qismdan iborat kartaga “Maxfiy” belgisi qöyilgan. 

Ma'lum qilinişiça, 20 yil avval xarita uning hozirgi egasiga Kennedi ma'muriyatidagi mudofaa vaziri Robert Maknamara tomonidan berilgan. Maknamara öz navbatida bu xaritani şaxsan Kennedining özidan sovğa sifatida olgan. Kennedi bu xaritani “ğalaba xaritasi” deb atagan, çunki u inqirozning hal qiluvçi onlarini uning ustida ötkazgan va sobiq ittifoqning Kubadagi pozitsiyalariga zarba berişni talab qilgan harbiylar bosimiga uçramagan. 

Onlayn-auksion tarzida ötayotgan savdolar 6 aprelda boşlandi. Xaritaning dastlabki narxi 20 ming dollarni taşkil qiladi. Narx böyiça takliflar 11 aprel soat 18.00gaça qabul qilinadi.