Nyu-York politsiyasi UFC 223 musobaqasi iştirokçilari ketayotgan avtobusga hujum qilgan MMA jangçisi Konor Makgregorga ayblov e'lon qildi. Bu haqda TMZ naşri xabar bermoqda.
Naşr ma'lumotlariga köra, Makgregorga hujum vaqtida amerikalik jangçi Mayk Kezaga jarohat yetkaziş, bir kişiga hujum qiliş (irlandiyalik uning yuziga bir neçta muşt tuşirgan) va avtobusga 8 ming dollarlik ziyon yetkazişda ayblanmoqda.
5 apreldan 6 aprelga ötar keçasi Makgregor Bruklindagi “Barklays-sentr”ga kiriş joyida UFC jangçilari avtobusiga hujum qilib, transport vositasiga qöliga tuşgan narsani uloqtirgan. Oqibatda MMA’ning ikki jangçisi jarohat olgan. Kezaning yuzi kesilib ketgan, yana bir jangçi Rey Borgning oyna siniqlaridan köziga şikast yetgan. Makgregor politsiyaga taslim bölgan.
Voqeani UFC va Nyu-York politsiyasi departamenti tergov qilmoqda.
Şuningdek, Mutlaq jangçilik çempionati (UFC) Makgregorga taşkilotning tadbirlariga taşrif buyurmaslikni tavsiya qildi.
“Biz mojaroning iştirokçilariga UFC tadbirlariga taşrif buyurişni tavsiya qilmaymiz”, deb aytilgan taşkilot bayonotida.












