Aralaş yakkakuraş jangçisi Konor Makgregor UFC jangçilari ketayotgan avtobusga hujum qilgani uçun 6 aprelda Nyu-York sudi oldida javob berdi. Unga köra, irlandiyalik jangçini sud taftişigaça 50 ming dollar garov puli evaziga ozodlikka çiqarişga qaror qilingan. Bu haqda TMZ portali xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, Makgregor UFC prezidenti Deyna Uayt bilan suhbatdan keyin Nyu-York politsiyasining 78-bölimiga köngilli tarzda kelgan. Makgregor politsiya bölimidan sud binosigaça kişanlangan holda yetkazilgan.
Jangçiga pasportini topşirmaslikka ruxsat berilgan, şu sababli u Irlandiyaga qayta oladi.
5 aprel kuni Makgregor bir neça şerigi bilan UFC 223 musobaqasida iştirok etişi kerak bölgan jangçilar avtobusiga hujum qilgan. Avtobusda yengil vazn toifasida çempionlik kamariga da'vogar rossiyalik Xabib Nurmagomedov ham bölgan. Hujum oqibatida bir neça jangçilarga jarohat yetgan.
“Nyu-York post” naşrining ma'lum qilişiça, Makgregorning “quyuşqondan çiqişiga” UFC rahbariyatining uni çempion unvonidan mahrum qiliş qarori sabab bölgan. Unga bezorilik va özganing mulkiga ziyon yetkaziş ayblovlari qöyilgan.












