Amerikalik aralaş uslub jangçisi El Yakvinta Nyu-Yorkda 7 aprelda ötadigan UFC 223 musobaqasining çempionlik kamari uçun jangida rossiyalik Xabib Nurmagomedovning raqibi böladi. Bu haqda Mutlaq jangçilik çempionati (UFC) rasmiy saytida ma'lum qilindi.
Ma'lum qilinişiça, Nurmagomedov–Yakvinta jangi uçun şartnoma imzolangan. “Bu 5 raundlik jang böladi. Uşbu jang keçaning asosiy jangi böladi”, deb yozgan jurnalist Ariel Xelvani.
Biroq çempion unvonini faqat Nurmagomedov olişi mumkin. Gap şundaki, Yakvinta jang ötadigan yengil vazn toifasi uçun zarur vaznga erişa olmagan. “Agar Yakvinta ğolib bölsa, u unvon egasi böla olmaydi, Nurmagomedov yutsa u çempion deb e'lon qilinadi”, deb aytilgan UFC bayonotida.
6 aprelda UFC’ning örta yengil vazn toifasidagi çempioni, amerikalik Maks Xollouey tibbiy körsatmalarga köra Nurmagomedovga qarşi jang ötkaza olmasligi ma'lum bölgandi, çunki u zaruriy vaznga erişa olmagan. Şundan keyin rossiyalikka amerikalik Entoni Pettis raqib deb e'lon qilingan, biroq u ham belgilangan vazndan oğirroq çiqqan.












