Farğona viloyati, Qöştepa tumanidagi Sarmazor mahallasidan Kun.uz tahririyatiga kelib tuşgan arznoma mazmuni diqqatimizni tortdi. Mahalla ahli juda ahil va bir iş boşlasa hamjihatlikda amalga oşirar ekan. Lekin, hokimiyat bilan boğliq muammoga ularning kuçi yetmabdi.
Murojaatni örganiş uçun Qöştepaga yöl oldik.
Sarmazor mahallasida istiqomat qilayotgan aholi Guliston köçasining tört kilometrlik yöli qişda botqoq, yozda çang bölişidan qiynalgaç, tuman hokimligi, viloyat mutasaddilariga 2012 yildan buyon muntazam ravişda ariza yozib, natija kuta boşlaydi. Biroq, Qöştepa tumani hokimligidan heç qanday ijobiy harakat bölmadi. Aholi öz kuçlariga tayanib, köçaga 400 maşina şağal yotqizişdi. Ötgan yili yana 60 maşina şağal tökilgaç, yöldan avtomobil qatnaşi mumkin böldi. Hozirda, şağal tökilaverib asosiy yöl içki köçalardan bir munça kötarilib ham ketgan.
Yölni qöldan kelganiça greyder bilan tekislab, mutasaddi taşkilotlardan asfalt yotqizilişini kuta-kuta toqati toq bölgan kişilar muammosini örganiş davomida mahallaning birdamligiga yana bir bor hayron qoldik.
Mahalla ahli tomonidan yozilgan arizada muammo şunday bayon qilingan: «Biz mahalladagi turarjoylarimizga 1990 yili köçib kelganmiz. Yillar davomida gaz, suv, elektr energiyasini öz hisobimizdan tortdik. Aholi qatnov yölini şağallaştirib, tekislab bölgan. Tuman hokimligidan yölni manzilli dasturga tuşirib, asfalt qilişga yordam berişini söraymiz».
«Ötgan yillar davomida muammolarni hal qiliş uçun turli davlat idoralariga murojaat qildik. Respublika miqyosida qilingan arzlarimizdan söng tuman yöl ta'mirlaş idorasi xodimlari kelib «Içki yöl ekan, obodonlaştiriş boşqarmasi ta'mir qilişi kerak!» deb qaytib ketişdi. Keyin öşa obodonlaştiriş boşqarmasi örganib, «Avval şağallaştiriş röyxatiga qöşiş lozim» degan javobni aytişdi. Vaholanki, açinarli holatdagi yölni epaqaga keltiriş uçun mahallamiz odamlari öz mablağidan 400 maşina şağal töktirib, tekislab bölgan. 1990 yili köçib kelib, örnaşgan mahalla ahli elektr tokini özi olib kelgan. Asli bu yöldan odam yura olmas edi. Bizni qiynab kelayotgan muammo - yöl. Agar yölni tuzatmasak, yana qatnov töxtab, transport yurmay qoladi. Tuman hokimligi muammomizga boş qotirmagani bizni hayron qoldirmoqda», deydi mahalla faoli Nabijon ota Boboyev.

Farğona viloyat avtomobil yöllari boşqarmasi vakili V.Haydarov, tuman avtomobil yöllari xodimi M.Qosimov va boşqa mutasaddilar tomonidan qölda yozilgan va aholiga taqdim qilingan dalolatnomada muammo örganilgani, haqiqatda aholi öz kuçi bilan şağal tökib tekislagan köçani asfalt qiliş tuman hokimligi tomonidan manzilli dasturga qöşilganidan söng amalga oşirilişi tuşuntirilgani aytiladi.













