Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakaşvili öziga yangi iş topganini ma'lum qildi. Uning aytişiça, u Niderlandiyada ma'ruzalar öqiydi.
“Niderlandiya spikerlar akademiyasi bilan hamkorlik haqida kelişib oldim. Men Yevropada ma'ruzalar orqali pul topaman. Akademiyaning jamoasi a'lo ekan. Umid qilamanki, uzoq vaqt ma'ruzalar öqişimga töğri kelmaydi, tajribamni esa ma'ruzalarga emas, oligarxlarni hokimiyatdan çetlatiş va haqiqiy reformatsiyalar uçun qöllayman”, deb yozgan Saakaşvili Facebook’da.
Fevralda Ukraina hukumati Saakaşvilini Polşaga jönatib yuborgan. Şundan keyin u Niderlandiyaga borgan va u yerda Yevropa Ittifoqida yaşaş va işlaş huquqini beruvçi şaxsni tasdiqlovçi guvohnoma olgan va öşandan beri bu davlatda yaşamoqda.












