Butunjahon boks seriyasining sakkizinçi mavsumida iştirok etayotgan Uzbek Tigers bugun guruhdagi sönggi ikki uçraşuvini venesuelalik raqiblariga qarşi ötkazadi. Ayni paytda Termiz şahridagi «Alpomiş» sport majmuasida ilk jang ötkazilişi uçun barça şaroitlar hozirlangan.
Bugun, 7 aprel kuni Butunjahon boks seriyasining sakkizinçi mavsumida iştirok etayotgan Uzbek Tigers va Caciqeus de Venezuela jamoalari boksçilari ringga kötarilib, muxlislarga taniştirildi. Uçraşuv joyidan jonli translyatsiya olib borayotgan Kun.uz muxbirining xabar berişiça, birinçi jang boşlandi.
C1 guruhidan örin olgan uçraşuvda 49 kg vazn toifasida Nodir Mirzaahmedov venesuelalik raqibi Luis Hesus Vaskes Polankoga qarşi jang olib bormoqda. 23 yoşli özbekistonlik Nodir Mirzaahmedov iştirokida jangni turkiyalik boks referesi Çinar Yaşar boşqarib bormoqda.
Uzbek Tigers öz jamoasida 7 oçko töplagan holda ikkinçi poğonada borayotgan bölsa, bugun özbekistonlik boksçilarga qarşi ringga kötarilayotgan Caciques de Venezuela jamoasi a'zolari ham 7 oçko bilan guruhda uçinçi örinni band qilib turibdi. Demak, butun boks muxlislari Termiz şahrida guvoh böladigan 10ta jang har ikki jamoa uçun muhim hisoblanadi.












