Qaşqadaryo viloyatining Yakkaboğ tumanida joylaşgan Xöja Ilğor qişloğida Amir Temur tavalludiga bağişlangan bayram tadbirlari bölib ötayotgani avval xabar berilgandi. KUN.UZ muxbiri Qaşqadaryo viloyati hokimi va tadbirga taşrif buyurgan xorijiy sayyohlardan biri bilan suhbatlaşdi.

Viloyat hokimi Zafar Röziyevning sözlariga köra, endi bunday sayllar har yili an'anaviy ravişda ötkazib kelinadi.

«Endi bunday sayllar har yili an'anaviy ravişda ötkaziladi. Özbekiston prezidenti taşabbusi bilan Xöja Ilğor qişloğida katta masjid quriladi. Şuningdek, sayl uçun maxsus barpo etiluvçi majmua yil - 12 oy davomida turistlar uçun doimiy ravişda turadi. Qaşqadaryo viloyatidagi Amir Temur bilan boğliq barça manzilgohlar yanada rivojlantiriladi, ularga sayyohlarni jalb etiş böyiça işlar kuçaytiriladi», - deya aytib ötdi Zafar Röziyev.

Şveytsariyalik sayyoh Ernest Fogelning KUN.UZ muxbiriga bildirişiça, şu paytga qadar Özbekistonda 3 marotaba bölgan.

«Özbekistonga ketma-ket uçinçi yil kelişim. 75 yoşdaman, Özbekistonga rafiqam bilan taşrif buyurdim. Avval Samarqand, Xiva, Buxoro şaharlarida bölgandim. Bu yil Şahrisabzga keldim va safarim sayl kunlariga töğri kelib qoldi. Özbekiston xalqi oçiq yuz, juda mehmondöst ekaniga yana bir bor guvoh bölmoqdaman. Keyingi yil ham albatta sayohat qiliş uçun kelaman», - dedi şveysariyalik turist.