«Barselona» hujumçisi Lionel Messi BMT Butunjahon turizm taşkiloti (UNWTO) elçisi qilib tayinlandi, deb xabar beradi taşkilot sayti.
Bu haqda Primera doirasidagi «Barselona» - «Leganes» öyinidan söng, «Kamp Nou»da UNWTO boş kotibi Zurab Pololikaşvili tomonidan e'lon qilindi.
«Sayohat menga boşqa madaniyatlar va jamiyatlarni örganişga katta yordam bergan. BMT turizm taşkiloti esa sayyohlikning rivojlaniş manbasiga aylanişini istamoqda. Bu işga öz hissamni qöşişdan mamnunman» - dedi 30 yoşli Messi.












