Özbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 179- moddasiga özgartiriş kiritiş töğrisidagi Qonun loyihasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida muhokamaga qöyildi. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Loyihada Özbekiston oliy öquv yurtlarida ta'lim oliş uçun xotini (eri)ning öqişi uçun yönaltiriladigan summalarni ham jismoniy şaxslarning soliq solinmaydigan daromadlari turiga kiritiş böyiça Soliq kodeksiga özgartiriş kiritiş taklif etilmoqda.
Amaldagi tartibga köra, Özbekiston oliy öquv yurtlarida özining yoki yigirma olti yoşga tölmagan farzandlarining ta'lim oliş uçun yönaltiriladigan summalarga soliq solinmaydi.












