«Barselona» klubi «RB Leyptsig»ning fransiyalik himoyaçisi Dayo Upamekano xizmatiga qiziqiş bildirmoqda. Klub hatto Samuel Umtiti bilan şartnoma uzaytirilgan taqdirda ham bu futbolçini sotib olmoqçi.
Telefoot xabariga köra, kataloniyaliklar 19 yoşli futbolçi uçun 100 million yevro tölaşga tayyor.
Ayni vaqtda «Barselona»dan taşqari «Mançester Yunayted», «Bavariya», «Arsenal» va «Milan» klublari ham «Leyptsig» himoyaçisiga qiziqiş bildirişmoqda.
transfermarkt ma'lumotiga köra, Upamekanoning transfer qiymati 25 mln yevro etib belgilangan. Joriy mavsumda uşbu futbolçi «Leyptsig» safida barça turnirlar doirasida 36 uçraşuvda maydonga tuşgan.
Bundan avvalroq, «Barselona» «Mançester Yunayted» himoyaçisi Lyuk Şouni ijaraga olmoqçi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.












