Bugun Çempionlar ligasining çorak finali javob uçraşuvlari ötkaziladi. Birinçi öyinlar doirasida «Enfild»da «Mançester Siti» javobsiz 3ta gol ötkazib mağlub bölgandi, ammo «Liverpul»ni yarim finalga yöllaşga hali erta.
Kutilayotgan ssenariy

Çorak finalning birinçi uçraşuvlari favoritlarni ajratib berdi. «Liverpul» va «Mançester Siti» juftligida ham ustunlik Klopp jamoasida, ammo Angliyaning bölajak çempionlari Gvardiola boşçiligida bu tasavvurlarni tarqatib yuborişga harakat qilişadi.
«Liverpul» javob uçraşuvi oldidan katta ustunlikka ega bölgan, ammo juda katta emas (boşqa jamoa bölganida buni juda katta desa ham bölardi). «Şaharliklar» bu mavsumda juda kuçli körinmoqdaki, ular bu vazifani ham uddalay olişlarini kutiş mumkin. Gvardiola jamoasi uç gol ura olişi mumkin. Bu bölişi mumkin bölgan ssenariy.
Motivatsiya
«Mançester Siti»da hozirda motivatsiya katta. «Şaharliklar» alohida iştiyoqsiz ham bu mavsumda yölidan kim çiqsa, yakson etib ketaverdi. Jamoaning kuçi haqida Yurgen Klopp juda yaxşi biladi. U javob öyinidan oldin şunday dedi: «Birinçi öyindan söng yigitlar bahsning faqat bir qismi ortda qolganini bilişgandi. Biz hisobda oldinda ekanimiz ğalaba qozonişimizdan darak bermaydi. Biz javob öyinida ham yaxşi harakat qilib, özimizning eng yaxşi futbolimizni namoyiş etişimiz kerak».
Derbidan ibrat
Ötgan şanba kuni «Mançester Yunayted» ham birinçi bölimda ilojsiz qoldirilgandi. 45 daqiqa içida «Mançester Siti» «qizil iblislar»ga faqat 2ta emas, yana bir neçta gol urişi mumkin edi. Tanaffusda «Mançester Siti» futbolçilari çempionlikni qanday nişonlaş haqida öylaşga kirişib ketgani ularni çalğitdi. «Liverpul»ning asosiy muammosi şuki, endi «Mançester Siti»ning xato qilişga haqqi yöq. Gvardiola şogirdlari avvalgi öyinlardan xulosa çiqarişlari kerak.
«Enfild»da bölgan hodisa mening jamoa qanday öynaşi böyiça munosabatimni özgartirmaydi», degan öyindan oldingi matbuot anjumanida Xosep Gvardiola. «Mançester Siti» bugungi öyinda ham hujum qilişda davom etadi, bu töğri ham: Mançester derbisining birinçi bölimi şuni körsatdiki, «şaharliklar»da heç qanday inqiroz yoki pasayiş yöq, ular hamon qörqinçli darajada kuçli.













