Maşhur italiyalik futbol murabbiyi Fabio Kapelloning sönggi iş joyi Xitoyning «Tszyansu Suning» klubi bölib qoladigan böldi. Mutaxassis murabbiylik faoliyatini yakunlagani haqida e'lon qildi.
«Klub va milliy terma jamoalar boşqaruvi çoğida özim uçun juda katta tajriba töpladim. «Tszyansu Suning» boş murabbiyi sifatida işim – futboldagi sönggi tajribam böldi, endi nafaqaga çiqdim. Ayni vaqtda şarhlovçi sifatida işlamoqdaman va bundan qoniqiş hosil qilyapman», — degan Kapello Rai Sport‘ga.
Kapello Xitoy klubini tark etgaç, unga Italiya terma jamoasini boşqariş taklif qilingan. Ammo u bu taklifga ham rad javobini bergan.
Kapello «Milan», «Roma», «Yuventus» va «Real» klublari boş murabbiyi sifatida tanilgan. Şuningdek u Angliya va Rossiya terma jamoalarini ham boşqargan.











