«Los-Anjyeles Gelaksi» klubi hujumçisi Zlatan Ibrahimoviç 2004-2006 yillarda «Yuventus» boş murabbiyi bölgan Fabio Kapello işiga baho berdi.
«Köplab murabbiylar bilan işlaganman, ammo Kapello ularning orasida ajralib turadi. U menga gol uriş haqida topşiriq berardi, agar urmasam, tribunada ötirişimni aytardi.
Bu menga yoqadi. Men yuzimga aytilgan töğri gapni yoqtiraman. Kimnidir balandparvoz maqtovini xuşlamayman. Menga iştiyoq bağişlaydigan odamlar bilan işlaşni istayman», – dedi Ibrahimoviç.
Ibrahimoviç 2004-2006 yillarda «Yuventus» tarkibida 70ta öyinda maydonga tuşib, 23ta gol urgan.












