Hyundai yuk maşinalarini işlab çiqariş böyiça loyiha «Qöqon» erkin iqtisodiy zonasida amalga oşiriladi.

ÖzA ma'lumotlariga köra, loyihani amalga oşirişga 130 mln dollar miqdorida mablağ yönaltiriladi.

Yangi işlab çiqariş taşabbusi Koreyaning Evergreen Motors va Posco Daewoo kompaniyasiga tegişli.

Eslatib ötamiz, Özbekistonda Hyundai avtomobillari işlab çiqarişni taşkil etiş töğrisidagi kelişuvga Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Janubiy Koreyaga taşrifi doirasida erişildi.

Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2018 yil 12 yanvarda «Qöqon» EIZni taşkil etdi.