9 aprel kuni Özbekistonda buyuk davlat arbobi va sohibqiron Amir Temurning 682 yilligi keng nişonlandi. Yurtimizning turli şaharlarida Amir Temur haykallari poyiga gullar qöyildi. Sohibqiron dunyoga kelgan Xöja Ilğor qişloğiga ham köplab mehmonlar taşrif buyurişdi va bu yerda uning bolalik yillaridan to hukmronlik davrigaça bölgan voqealar sahna körinişlari şaklida taqdim etildi.





KUN.UZ qutluğ sana munosabati bilan Amir Temurning xalq orasida keng tarqalgan ögitlari bilan bölişişga qaror qildi:
- Kuç — adolatdadir.
- Kuraşib erişilmagan ğalaba ğalaba emas.
- Çorasi yöq işga kirişma, çunki undan qutulib bölmaydi.
- Qudratimizga şubha qilsangiz, biz qurdirgan imoratlarga boqing.
- Bir tayoqni sindiriş mumkin, köp tayoqni bukolmaysan ham.
- Oğzingga qon tölsa ham, duşman oldida tupurma.
- Qiliçim ötkir bölsa-da, öylab qinidan çiqardim, şirin söz aytib, ğanimning imon topmoğiga yöl oçdim.
- Boşsiz mamlakat jonsiz tanaga öxşaydi, bejon tanning ahvoli vayronalikka yaqindir.
- Şijoatli kişilarni döst tut, çunki Alloh jasur kişilarni ardoqlaydi.
- Yuz ming otliq askar qila olmagan işni bir töğri tadbir bilan amalga oşiriş mumkin. ***











