Atlanta politsiyasi amerikalik boksçi Floyd Meyvezer bölgan kortejga hujum qiliş holati böyiça gumonlanuvçilarni topa olmayapti.
BoxingScene portalining xabar qilişiça, ayni damda huquqni muhofaza qiluvçi organlar Meyvezer kortejiga hujumni avvaldan rejalaştirilgan deb hisoblamoqda. Şu bilan birga, hujum qilganlarning maqsadi va sabablari hozirgi paytda politsiyaga ma'lum emas. Şuningdek ta'kidlanişiça, Meyvezerning özi hozirça hujum qiliş işi yuzasidan körsatmalar bermadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞning Atlanta şahrida amerikalik boksçi Floyd Meyvezerning korteji noma'lum kişilar tomonidan öqqa tutilgani xabar berilgandi. Politsiya ma'lumotlariga köra, kortej tungi klubdan mehmonxonaga qaytayotgan bölgan. Otişma oqibatida boksçining tansoqçilaridan biri oyoğidan jarohat olgan.












