AQŞning Aydaxo-Fols şahriga osmondan 50 dan köproq ölik ğoz tuşgan. Bu haqda Fox 13 telekanali xabar bermoqda. Şahar ma'muriyati uşbu voqeani ğayriodatiy deb atagan.
Voqea 7 aprelda döl bilan keçgan momaqaldiroq vaqtida yuz bergan. Ğozlar jasadi bir neça yuz metrlik radiusda aniqlangan. Hammasi bölib 48 ta oq ğoz va 3 ta Ross ğozi yiğib olingan. Şuningdek, ölik ğozlar yon atrofdagi uylar tomida ham aniqlangan.
Mutaxassislarning fikriça, ğozlar tödasi Kanadaga yöl olayotgan bölgan. Taxmin qilinişiça, ularning halokatiga çaqmoq urişi sabab bölgan. Agar quşlar dölga tuşib qolganda, ular yer tomon yönalib, qöngan bölardi.












