«Barselona» yarim himoyaçisi Andres Inesta jamoasining YeÇL 1/4 finalida «Roma»dan uçralgan mağlubiyatidan (0:3) söng öz fikrlari bilan örtoqlaşdi. Şuningdek, u mavsum oraliğida Kataloniyadan ketişi mumkinligini ham yaşirmadi.
«Bunday vaziyatdan nimadir deb gapiriş qiyin. Biz bunga tayyor emasdik. Agar sen köp xatoga yöl qöysang, nimanidir xato bajarsang, Çempionlar ligasi seni keçirib ötirmaydi. Juda tuşkun holatni boşimizdan keçirmoqdamiz. Birinçi bölimda bizda heç narsa öxşamadi, ikkinçi bölimda öyinimizni kuçaytirdik, ammo bu kamlik qildi. Biz boşqaça öynaşimiz kerak edi.
Balki bu mening «Barselona» tarkibidagi YeÇLda ötkazgan eng sönggi öyinimdir.
Turnirni bunday nuqtada yakunlaş alamli. Muvaffaqiyat qozonişni juda istagandik, ammo yana muvaffaqiyatsizlikka uçradik. Musobaqani tark etişimizni tuşuntiriş qiyin, ammo bunaqasi ham uçrab turadi. Gap xohişning yetişmasligida emas. Bu Çempionlar ligasi va bu yerda ajabtovur holatlar sodir böladi. Muvaffaqiyatsizlikka uçradik. Endi qolgan ikki turnirga bor e'tiborimizni qaratişimiz kerak böladi», — deya Inestaning sözlarini keltiradi Mundo Deportivo.













