Çempionlar Ligasida çorak finalning javob uçraşuvlari doirasida «Roma» «Barselona»ni qabul qiladi. Bu juftlikda vaziyat oydinlaşgan, keyingi bosqiçga kim çiqişi deyarli aniq, ammo umid hamişa oxirida öladi?

«Roma» - tamommi?
«Roma» (Italiya) – «Barselona» (Ispaniya)
10 aprel. Rim. «Olimpiko» stadioni, 23:45
Birinçi öyin – 1:4

Italiyaliklarning keyingi bosqiçga çiqa olişiga heç kim işonmaydi. Öyindagi devorlar, soğayib safga qaytgan Raja Nayngolan, «Barsa»ning diqqatni susaytirişi «Roma»ga yordam berişi kerakmi? Körinişidan bunday bölmaydi. Aniqroği, bularning barçasi bir bölib ham rimliklarni Çempionlar ligasi yarim finaliga olib çiqmaydi. U yerga faqat yorqin öyin körsatgan jamoalar yöl olişadi. Eusebio Di Françeskoning jamoasi esa bunday öyin körsatmayapti.

«Öz kuçimizga bölgan işonç bizni qöllab-quvvatlab turişi kerak. Guruh bosqiçida «Çelsi»ni 3:0 hisobida mağlub etganmiz, aynan şunday hisob bizni qoniqtiradi. Biz «Barselona»ni mağlub etişga qodirmiz. Bu safar ham şunday hisobni qayd qilişga urinib köramiz» - dedi Eusebio Di Françesko.

Albatta, öyindan oldin Ernesto Valverde «raqibni mensimaslik töğri bölmasligi» haqida gapirdi: «Biz ğalaba qozonib böldik, deb öylamasligimiz kerak. Birinçi bellaşuvda ajoyib natijaga erişdik, biroq xuddi hisob 0:0 bölib turgandek öynaşimiz şart. Biz ğalaba uçun harakat qilişimiz va boşqa heç narsa haqida öylamasligimiz kerak. Men futbolda juda köp vaqtdan beri işlab kelyapman va bu yerda kutilmagan hodisalar yuz berişi mumkin ekanini bilaman. Biz bugun keçqurun şunday voqea yuz bermasligiga erişişimiz lozim. Maydonga «Roma» biz uçun – raqib emas, degan xayolda çiqiş kerak emas. Öziga işoniş salbiy ta'sir ötkazişi mumkin»

Ammo bu çin dildan aytilgan gaplarmidi? Italiya naşrlari muqovasida ötgan haftadayoq «Vazifa uddalanmadi» yösinidagi sarlavhalar bosilgandi. Ular «Yuventus»ning muvaffaqiyatsizlikka uçraganiga ham işora etişgandi. Turinliklar safarda «Real»ga 3ta javobsiz gol urişiga hozir heç kim işonmayapti.

«Barselona»ning «yangi hujumçisi»

Foto: twitter.com/brfootball

Muxlislar uçun hozirda «Roma»ning imkoniyatlarini çamalaşdan köra, «Barselona» bu öyinda qança gol urişi-yu, «Barselona»ning «avtogol» nomli hujumçisi qança gol urişiga qiziqiş köproq. Barselonadagi öyinda birinçi va ikkinçi gollar mehmonlar futbolçilari De Rossiya va Manolas tomonidan urilgan, natijada, joriy mavsumda Çempionlar ligasida «Barselona» uçun raqib futbolçilari tomonidan urib berilgan avtogollar soni 5taga yetdi va bu holat turli hazilomuz fikrlarga sabab böldi.