«Roma» Çempionlar ligasining çorak finali javob uçraşuvida «Barselona»ni mağlubiyatga uçratdi. Rimdagi «Olimpiko» stadionida keçgan uçraşuv mezbonlarning 3:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi va italiyaliklar yarim finalga yöl oldi.
Öyinning 6-daqiqasida Edin Djyeko Daniele De Rossining pasidan keyin Mark-Andre ter Ştegen qöriqlayotgan darvozani işğol qildi. 58-daqiqada rimliklar sardori De Rossi penaltini aniq ijro etib, jamoasi ustunligini oşirdi. Öyin yakuniga 8 daqiqa qolganida esa Kostas Manolas boşi bilan töpni darvozaga yöllab, qahramonga aylandi.
Birinçi uçraşuvda «Barselona» 4:1 hisobida ğalaba qozongandi. Safardagi gol evaziga «Roma» turnirdagi iştirokini davom ettiradigan böldi.
Çempionlar ligasi
1/4 final
Javob uçraşuvlari
Roma Italiya – Barselona Ispaniya 3:0 (1:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 6 Djyeko, 2:0 – 58, penalti de Rossi, 3:0 – 82 Manolas.
Roma – Alisson, Fasio, Jyezus, Kolarov, Manolas, Nainggolan (El-Şaaravi, 77), Florentsi, Strotman, de Rossi, Djyeko, Şik (Under, 73).
Barselona – ter Stegen, Pike, Alba, Nelson Semedu (Dembele, 85), Umtiti, Serdji Roberto, Rakitiç, Buskets (Pako Alkaser, 85), Inesta (Andre Gomeş, 81), Messi, Suares.
Ogohlantirişlar: Fasio (38), Jyezus (44), Pike (57), Messi (63), Suares (72).
Birinçi öyin: 1:4.













