BAAda yaqin orada avtomobillar uçun “aqlli” davlat raqamlarini joriy qiliş rejalaştirilmoqda.
Gap odatdagi metall belgilarning raqamli muqobillari bilan almaştirilişi haqida ketmoqda.
Ta'kidlanişiça, bunday “aqlli” raqamlar haydovçilarning turmuşlarini ança yengillaştiradi.
Birinçidan, raqamli davlat belgilarini şikastlangani sababli almaştirişga ehtiyoj bölmaydi, ikkinçidan avtomobil sotilganda uning raqami almaştirilişi talab qilinmaydi, çunki yangi raqam avtomobil röyxatdan ötkazilgandan keyin tabloda avtomatik ravişda paydo böladi.
Bundan taşqari, yangi belgilar avtomobilni olib qoçilişidan saqlaydi va avariya holatida favqulodda xizmatlarni çaqirtira oladi. Avtomobilning harakatlanişi haqidagi barça ma'lumot raqamlarga örnatilgan uzatkiç va çiplar orqali uzatilib turiladi.
Uşbu texnologiya may oyida sinovdan ötkazilişi kutilmoqda. Agar sinov muvaffaqiyatli ötgan deb topilsa, unda yangi raqamlar keyingi yildan joriy qilina boşlanadi.
Raqamli belgilar ğoyasi yangi emas. Avvalroq bunday raqamlarni qöllaşga AQŞning Kaliforniya ştati rahbariyati ruxsat bergandi. Ölçami standart metall davlat raqamlaridek keladigan elektron tabloda boşqa haydovçilarga xabarlar berilişi mumkin, maşina parkovka qilinganda esa tabloda reklama va politsiya uçun muhim axborot çiqib turadi.











