IŞID jangarilari Rossiyada bölib ötadigan JÇ-2018 vaqtida mamlakatga hujum uyuştiriş bilan tahdid qildi. Bu haqda Daily Mail naşri xabar tarqatdi.

Manba bergan xabarga köra, şu maqsadda IŞID tarafdorlari ijtimoiy tarmoqlar orqali Rossiyaga tahdid qilingan plakatlarni tarqatişmoqda.

Tahdid şaxsan Rossiya prezidenti Vladimir Putinga qaratilgan. Ular jangarilarga qarşi kuraşda Suriya prezidenti Başar Asadni Rossiya tomonidan qöllab-quvvatlanganini bunga sabab sifatida körsatgan.

Plakatlarning biriga: «Rossiya-2018. Putin, sen kofirsan. Musulmonlarni öldirganing uçun javob berasan», deb yozilgan.

Oldinroq, jangarilar tarafdorlari Lionel Messi va Kriştianu Ronalduga tahdid qilingan plakatlarni tarqatişgandi.

Eslatib ötamiz, JÇ-2018 musobaqasi Rossiyaning 11 şahrida 14 iyundan 15 iyulga qadar bölib ötadi.