Oliy va örta-maxsus ta'lim vazirligi va Moliya vazirligining qarori bilan Akademik litseylarda imtiyozli ovqatlantirişni taşkil qiliş hamda xarajatlarini qisman qoplaş uçun ota-onalar tölovini tölaş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Norma yozmoqda.

Tasdiqlangan talablar idoraviy buysunuvidan qat'iy nazar barça akademik litseylarga nisbatan tatbiq etiladi, byudjyetdan mablağ oluvçi hisoblanmaydigan va qonun hujjatlari bilan alohida tartib örnatilgan akademik litseylar bundan mustasno.

Kim imtiyozli ovqatlanişi mumkin 

Davlat byudjyeti mablağlari hisobidan imtiyozli uç mahal ovqatlantiriş akademik litseylardan uzoq joylaşgan hududlardan qabul qilingan öquvçilar (doimiy yaşaş joyi boşqa tumanda (şaharda) bölgan, akademik litsey yotoqxonasida yaşaydigan yoki boşqa turar joylarda ijara asosida yaşaydigan öquvçilar) uçun taşkil etiladi. Bunda xarajatlar ularning ota-onalari hisobiga har oyda EKIHning 1 baravari miqdorida qisman qoplanadi.

Ijara asosida yaşaydigan öquvçilar ota-onalarining murojaatlariga asosan har oyda EKIHning 50%i miqdorida xarajatlar qisman qoplangan holda faqat tuşlikda ovqatlantiriş taşkil etiladi.

Bir öquvçi uçun kunlik uç mahal ovqatlantiriş xarajati ota-onalar tölovini qöşib hisoblaganda belgilangan EKIHning 10%igaça miqdorda belgilanadi va quyidagi tarzda taqsimlanadi:

• ertalabki nonuşta uçun – kunlik xarajatning 20%idan;
• tuşlik uçun - kunlik xarajatning 45%idan;
• keçki ovqat uçun - kunlik xarajatning 35%idan oşmagan holda amalga oşiriladi. 
 
Imtiyozli ovqatlantiriş qanday taşkil etiladi 
 
Akademik litseylarda imtiyozli ovqatlantirişni taşkil etiş amaldagi nizomga asosan amalga oşiriladi. Litsey va yuridik şaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor (keyingi örinlarda – ta'minotçi) örtasida tegişli şartnoma tuziladi.

Imtiyozli ovqatlantiriş uçun har bir öquvçiga kursi, guruhi va amal qiliş muddati körsatilgan, surati tuşirilgan, direktor imzosi va muhri bilan tasdiqlangan kartoçka beriladi. Kartoçkani boşqa şaxsga beriş taqiqlanadi. Kartoçkalar litsey direktori tomonidan tasdiqlangan röyxat asosida öquv yilining 10 sentabriga qadar topşiriladi. Yil davomida direktor buyruği bilan röyxatga özgartiriş va qöşimçalar kiritilişi mumkin. Ijara asosida yaşaydigan öquvçilar röyxatga kiritilişi uçun tasdiqlovçi hujjat taqdim etişlari darkor.