Angliyaning Lostok Xoll şahrida yaşovçi 61 yoşli Barri Stouks bir vaqt muqaddam 127 kg kelardi. Şifokorlar u bunday vazn bilan öz öğliga donorlik qila olmasligini aytişgandan keyin u ozişga qaror qilgan.
Barrining öğli ösmir bölganda unda saratonning kam uçraydigan turi aniqlangan. Ösmirga yaşaşiga yana bir neça oygina qolgani aytilgan. Ösmirning bunday şum xabardan ado bölgan oilasining belgilangan davolaniş natija berişini kutişdan boşqa ilojisi bölmagan. Va mö'jiza yuz bergan – Alan haqiqatan özini yaxşi his qila boşlagan. Biroq köplab kimyoviy terapiyadan keyin Alanning buyragida muammolar yuzaga kelgan.

Hozirda Alan ança ulğayib, Mançester universitetida sun'iy ong sohasida doktorlik darajasini oliş bilan maşğul. Va saratondan davolanişni davom ettirmoqda. Şifokorlarnng aytişiça, yaqin orada unga donorlik buyragi kerak bölişi mumkin. Ta'kidlanişiça, bunda maqbul buyrakni unga yaqinlaridan biri, köproq otasi berişi mumkinligi aytilgan.

Barri öylab ham ötirmay operatsiyaga rozi bölgan, biroq ortiqça vazni sababli donorlik qila olmasdi. Şunda ota öğlining hayotini saqlab qoliş uçun ozişga qaror qildi. U öziga şaxsiy murabbiy yollab, faol ravişda maşq qila boşladi.

“Agar öğlim bilan biror kor-hol yuz berganda, men unga yordam bera olmaganimda, bundan keyin yaşay olmasdim”, deydi Barri Stouks.

Erkakning aytişiça, uni qöyilgan maqsadga erişişida rafiqasi va qizi qöllab-quvvatlaşgan. Natijada Barri 51 kg ozişga muvaffaq böldi va hozir vazni 76 kg ni taşkil qilmoqda. Bu esa endi u dunyodagi eng qadrdon odamlaridan biri – öğliga buyragini bera olişini anglatadi.











