Smolensk fuqarosi yuzdan taniy oluvçi Face ID funksiyasiga ega iPhone X smartfonini ukasi blokdan yeça olganidan keyin Apple kompaniyasining Rossiyadagi vakolatxonasiga şikoyat bilan murojaat qildi. Yigit qurilmani almaştirişni va kompensatsiya sifatida 1 million dollar tölaşni talab qilmoqda. Bu haqida şikoyatçining yuristi Roman Ardikutsa TASS agentligiga xabar berdi.
"Menga ikki aka-uka murojaat qilişdi. Biri 21 yoşda, ikkinçisi - 15. Gap şundaki, ularning ikkisi ham telefonni blokdan yeça olgan. Bu esa bank ma'lumotlari, suratlar, yozişmalar - telefondagi barça ma'lumotlarga kiriş imkoni degani. Biz işlab çiqaruvçi kompaniyadan iş sudgaça bormasidan 1 million dollar tölaşni talab qildik", - deydi yurist.
Ardikutsaning izoh berişiça, yangi telefon modelini tanlaşda uning mijozini aynan Face ID funksiyasi qiziqtirgan, şuning uçun u qimmatbaho modelni deyarli 92 ming rublga xarid qilgan. Şundan kelib çiqib xulosa qilinadiki, mijoz nosoz funksiya uçun keragidan ortiq pul tölagan.
Şikoyat xatida ta'kidlanişiça, kompaniya uşbu e'tirozga 10 kun içida javob bermasa, xaridor sudga murojaat qiladi.












