Samarqand viloyat IIB huzuridagi Tergov boşqarmasi tomonidan JKning 168-moddasi 3-qismi «b» va «v» bandlari bilan N.H. va boşqalarga nisbatan qözğatilgan jinoyat işi böyiça tergov harakatlari olib borilmoqda, deb xabar bermoqda Kun.uz’ga IIB matbuot xizmati.
Xabarga köra, N.H. 2013 yil fevral oyidan buyon Tayloq tumanida joylaşgan, turmuş örtoği Yo.K. raislik qilayotgan fermer xöjaligida norasmiy ravişda iş boşqaruvçi tariqasida işlab kelib, fermer xöjaligiga tuman hokimining qarori bilan 43 yil muddatga ijaraga berilgan jami 18,20 gektar yer maydonini bir neça nafar fuqarolarga noqonuniy ravişda sotib yuborgan.
Şunga köra, N.H. va boşqalar 2013 yil mart oyidan 2017 yil dekabr oyiga qadar bölgan davr oraliğida jami 56 nafar fuqaroning işonçiga kirib, ularning pul mablağlarini qölga kiritiş maqsadida fermer xöjaligi yer maydoni sotilmasligini bila turib, ularni aldab, Tayloq tumanida joylaşgan fermer xöjaligiga tuman hokimligi tomonidan ijaraga ajratilgan yer maydonidan 6 sotixdan 30 sotixgaça bölgan yer maydonlarini kelgusida tegişli hujjatlarni rasmiylaştirib beriş şarti bilan 2.000.000 sömdan 60.000.000 sömgaça baholab, noqonuniy ravişda sotişib, ularga tegişli bölgan pul mablağlarni firibgarlik yöli bilan qölga kiritişib, özlarining ehtiyojlariga işlatişgan.
Holat yuzasidan N.H. ga JKning 168-moddasi 3-qismi «b» bandi bilan ayblov e'lon qilinib, qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgan. Hozirda jinoyat işi yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.











