"Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalaş töğrisidagi Özbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasi, Prezidentning "Özbekiston Respublikasi temir yöllarda yuk va yölovçilar taşiş xavfsizligini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida" 2017 yil 16 avgustdagi 3221-sonli qarori ijrosini ta'minlaş yuzasidan Vazirlar Mahkamasi 9 aprel kuni 278-sonli qarorni qabul qildi. Hujjatga köra:

1. Mahalliy va xalqaro yönalişlar böyiça temir yöl transportida yölovçi hamda yuklarni taşiş faoliyatini litsenziyalaş tartibi töğrisidagi Nizom, şuningdek litsenziya berganlik uçun davlat boji miqdorlari tegişli ilovalarga muvofiq tasdiqlanadi.

2. Aviatsiya va temir yöl transporti sohasidagi faoliyatni litsenziyalaş böyiça Vazirlar Mahkamasining komissiyasi tomonidan mahalliy va xalqaro yönalişlar böyiça temir yöl transportida yölovçi va yuklarni taşiş faoliyatini amalga oşiriş huquqi uçun avval berilgan litsenziyalar ularning muddati tugaguniga qadar amal qilişi belgilab qöyildi. 

3. Özbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga özgartirişlar va qöşimçalar kiritiladi.

4. Temir yöllarda yuk va yölovçilar taşiş xavfsizligini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda özlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda uşbu qarorga muvofiqlaştirişi belgilab qöyildi. 

5. Özbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi, Komissiya tarkibini qayta körib çiqişni hisobga olgan holda, Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda aviatsiya transporti sohasidagi faoliyatni litsenziyalaş tartibini takomillaştiriş töğrisida belgilangan tartibda takliflar kiritadi. 

6. Mazkur qarorning bajarilişini nazorat qiliş Özbekiston Respublikasi Boş vazirining birinçi örinbosari - "Özbekiston temir yöllari" AJ boşqaruvi raisi A.J.Ramatov hamda Temir yöllarda yuk va yölovçilar taşiş xavfsizligini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi boşliği D.B.Ahmedov zimmasiga yuklatildi".