Özbekistonning Uzbekistan Airways Technics(UAT) aviakorxonasi Afğoniston samolyotlariga texnik va ta'mirlaş xizmatlarini körsatadi.
Özbekiston taşqi savdo vazirligida Afğoniston transport vaziri Muhammad Hamid Taxmasi bilan bölib ötgan uçraşuvda bu boradagi kelişuvga erişildi, deb yozmoqda “Xalq sözi”.
Özbekiston tomoni, şuningdek, Afğoniston aviatsiyasi sohasi uçun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaşga kömaklaşadi.
Eslatib ötamiz, UAT uzoq yillardan beri samolyotlarni ta'mirlaş va ularga xizmat körsatiş bozorida muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelyapti.
Ayni paytda mazkur korxona mahalliy va xorij aviakompaniyalarining barça rusumdagi havo laynerlariga servis xizmatlarini körsatiş uçun zarur texnik baza va yuqori tajribali kadrlarga ega bölib, bu yerda yiliga kamida önta samolyot qaytadan taxt holiga keltiriladi.












