Fransiyaning Air France aviakompaniyasi AQShning Suriyaga zarba berishi mumkinligi ortida ba'zi parvozlari yo‘nalishini o‘zgartirmoqda. Bu haqda kompaniya matbuot xizmatida ma'lum qilingan.
Ta'kidlanishicha, bu asosan Bayrut va Tel-Avivga parvozlarga taalluqli bo‘ladi.
Aviakompaniya vakilining ta'kidlashiicha, kompaniya “odatda xalqaro yoki milliy regulyatorlar tavsiyalariga amal qiladi”. “Yo‘lovchilarimiz va ekipajlarimiz xavfsizligi birinchi navbatdagi ahamiyatga ega”, deb aytilgan kompaniyada
Yevropaning aviatsiya xavfsizligi agentligi (EASA) O‘rta yer dengizining sharqiy qismida yaqin 72 soat ichida “harbiy aksiya” ehtimoli xavfidan xabardor qilgan.









