Farğonada öğil otasini ketmon bilan urib öldirdi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi xabar bergan.
«Farğona viloyatining Yozyovon tumanida 10 aprel kuni soat 17.00larda, «Guliston» MFY Navbahor köçasi 37-uyda yaşovçi, ruhiy kasal, 1989 yilda tuğilgan Dilmurod Qöçqanov uyida özaro janjal oqibatida mast holda bölgan birga yaşagan otasi, 1962 yilda tuğilgan Dadajon Qöçqanovning boşiga ketmon bilan urib jarohat yetkazgan va voqea joyidan yaşiringan. Natijada Dadajon Qöçqanov kasalxonaga yotqizilgan va körsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan», deyiladi xabarda.











