FIFA reytingida O‘zbekiston terma jamoasi 16 pog‘ona pastlab, Qirg‘izistondan quyiga joylashdi
FIFA terma jamoalarning yangi reytingini e'lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi so‘nggi yillardagi eng yomon natijasini qayd etdi.
Mart oyida 72-o‘rinda turgan terma jamoa aprelga kelib bir yo‘la 16 pog‘ona pastlab, so‘nggi 10 yillikdagi eng yomon natijasini qayd etdi. E'tiborli tomoni, Qirg‘iziston terma jamoasi o‘z tarixida ilk marta reytingda O‘zbekiston terma jamoasidan yuqori o‘ringa joylashdi.
O‘zbekiston terma jamoasi bu oyda 381 ochko to‘plagan holda, Osiyo jamoalari ichida 13-o‘ringa tushib ketdi. Bu degani terma jamoa Osiyo kubogi uchun qur'a tashlash marosimida uchinchi savatchadan joy olishini anglatadi.
Umumiy reyting kuchli o‘ntaligida ham sezilarli o‘zgarishlar bo‘lganini ko‘rishimiz mumkin. Belgiya terma jamoasi 3-o‘ringa ko‘tarilgan bo‘lsa, Portugaliya va Argentina bir pog‘onadan pastlagan.
Quyidagi FIFA reytingi TOP-10-ligi va Osiyo mamlakatlari natijasi bilan tanishib olishingiz mumkin:
1 (1). Germaniya – 1533 ochko
2 (2). Braziliya – 1384
3 (5). Belgiya — 1346
4 (3). Portugaliya — 1306
5 (4). Argentina — 1254
6 (8). Shveytsariya — 1179
7 (9). Fransiya — 1166
8 (6). Ispaniya — 1162
9 (10). Chili — 1146
10 (6). Polsha — 1118
…
36 (33). Eron — 727
40 (37). Avstraliya — 700
60 (55). Yaponiya — 528
61 (59). Janubiy Koreya — 520
70 (69). Saudiya Arabistoni — 445
73 (65). Xitoy — 431
75 (115). Qirg‘iziston — 424
76 (74). Suriya — 423
81 (79). BAA — 405
82 (87). Livan — 404
83 (73). Falastin — 401
87 (103). Ummon — 383
88. (72). O‘zbekiston — 381
Mavzuga oid
23:32 / 14.11.2024
JCh-2026 saralashi. O‘zbekiston 90+12-daqiqada gol o‘tkazib, Qatarda mag‘lubiyatga uchradi
17:51 / 14.11.2024
Osiyo kubogidagi alamli mag‘lubiyat uchun revansh olinadimi? Qatar – O‘zbekiston o‘yini oldidan
11:16 / 14.11.2024
«Qatarga Osiyo chempioni sifatida qaramasligimiz kerak»
18:15 / 24.10.2024