Moskva şahrining Taganka rayon sudi 13 aprel, juma kuni RF aloqa, axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiyalar sohasida nazorat federal xizmati — Roskomnadzorning Telegram messenjerini bloklaş töğrisidagi şikoyat arizasini körib çiqadi. Bu haqda Rossiyaning bir neça ommaviy axborot vositalari xabar tarqatgan.
RIA Novosti’ning xabar berişiça, Telegram vakillari Roskomnadzorning şikoyati yuzasidan bugun bölib ötgan sudgaça tayyorgarlik majlisiga kelişmagan.
Messenjerning manfaatlarini sudda himoya qilayotgan «Agora» taşkiloti rahbari Pavel Çikovning Telegram’dagi kanalida ma'lum qilişiça, Telegram dastlabki suhbat haqida heç qanday bildirişnoma olmagan, şu sababli yuristlar tayyorgarlik körişga ulgurmasdan, sudoldi majlisiga borişmagan.
«Telegram xabardor qilinmagan. Bu xabar e'lon qilingan axborot va jurnalistlarning sudga qönğiroqlaridan söng tarqaldi. Sud kotibi ayni paytda Qrimda sud jarayonida iştirok etayotgan Dmitriy Dinega qönğiroq qilgan. Na şikoyat, na yozma bildirişnomani ular Telegram’ga ham, uning vakillariga ham jönatişgan. Sudya Yuliya Smolina ertaga u yerda kim bilan, nima haqida suhbatlaşmoqçi bölgani tuşunarsiz», deb yozgan keça «Agora» huquqni himoyalaş taşkiloti rahbari Pavel Çikov öz kanalida.
Aprel oyi boşida Roskomnadzor tomonidan Telegram messenjeri ma'muriyatiga şifrlaş kalitlarini Rossiya Federal xavfsizlik xizmatiga topşiriş uçun ajratgan 15 kunlik muddat öz nihoyasiga yetgan.
Telegram advokati Dmitriy Dinzening sözlariga köra, kompaniya FXXning talabi texnik sabablarga köra — messenjer tuzilmasi tufayli bajarib bölmas vazifa ekani haqida Roskomnadzorga bildiriş jönatgan.
Taganka rayon sudida bölib ötgan bugungi sud oldi majlisida Roskomnadzor vakili «Mazkur sud işi axborot tarqatiş bilan boğliq, Telegram xabarlarning kodini oçiş uçun kalitlarni taqdim etmas ekan, agar sud qarorida bizning iltimosnomamiz qanoatlantiriladigan bölsa, uni zudlik bilan ijro etişga qaratamiz», degan. Bu degani, agar sud Telegram’ni bloklaş haqida qaror çiqarsa bu iş zudlik bilan amalga oşiriladi, demakdir.
Sud işiga FXX ham jalb etiladi. Sudya Yuliya Smolina bugun «Sud FXXni manfaatdor tomon sifatida sudga jalb etilişi haqidagi iltimosnomasini qanoatlantiradi», deya qaror çiqargan.
Roskomnadzorning iltimosnomasiga qadar Rossiyada Telegram’ni bloklaşga oid ehtimolli ssenariy quyidagi körinişga ega edi:












