Vazirlar Mahkamasining 6.04.2018 yildagi 272-son qarori bilan  Aholiga kinovideo xizmati körsatiş tartibi töğrisidagi Nizom va 2018–2019 yillarda milliy kinoprokat tizimini rivojlantiriş böyiça kompleks çora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.
 
Norma’ning yozişiça, hujjat qator muhim topşiriqlarni öz içiga olgan. Çunonçi, bir oy muddatda yagona respublika kinoprokat elektron tarmoği tuzilişi bilan «Respublika kinoprokat markazi» DUK bazasida «Özbekkino» tizimidagi kinoteatrlar birlaştiriladi. Unga xususiy kinoteatrlar özaro manfaatli şartlar asosida kirişi mumkin.
 
1.06.2018 yildan boşlab filmlarni raqamli yetkazib beriş maqsadida, uşbu kinoteatrlar optik tolali aloqa liniyasi orqali yagona respublika kinoprokat elektron tarmoğiga bosqiçma-bosqiç ulanadi. 2019 yildan mazkur kinoteatrlarda elektron kinoçiptalarning tezkor hisobini yuritiş va sotişning avtomatlaştirilgan tizimi işga tuşiriladi.

Hujjat 9.04.2018 yildan kuçga kirdi.