KUN.UZ sayti xalq orasiga kirib, ularni qiynab kelayotgan muammolar, dardu-taşvişini örganib, keng jamoatçilik e'tiboriga havola etib keladi. Maxsus sayyor guruhimiz şunday murojaatlardan birini örganiş maqsadida Toşkent viloyati Bekobod şahriga bordi. 

Şaharning Beruniy köçasi 21-A uyda istiqomat qilib keluvçi fuqaro Abdurazzoq Umarqulov öz murojaatida bir neça oila yaşab kelayotgan uylarning orqa tomonida, “Qorasuv-Böka-Bekobod” yölining 104-kilometrida savdo va maişiy xizmat körsatiş şoxobçalari barpo etilayotgani, bu öz navbatida şaharsozlik me'yorlariga zid ekanini aytib, vaziyatni joyida örganişni söragan. Biz uşbu holatni yaqindan örganiş maqsadida murojaatçilar bilan uçraşdik.

“Bizning yaşaş mintaqamiz yöl böyida joylaşganini hisobga olinsa, qolaversa, Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 26 dekabrdagi 342-son qarori talablariga tamoman zid ravişda, qarorni mensimagan holda quriliş işlari olib borilmoqda. Şahar hokimining 2015 yil 30 oktabrdagi 452-son qarori ğayriqonuniy çiqarilgan. Çunki Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan me'yorlariga mutlaqo töğri kelmaydi. Şaharsozlik me'yorlariga muvofiq, qurilayotgan bino 1- va 2-darajali yöl öqidan 49.5 metrdan 61 metrgaça uzoqlikda bölişi, ya'ni şahar boş planidagi qizil çiziqdan taşqarida joylaşişi kerak. Ammo bizning holatda şu talablarga rioya qilinmayapti”, - deydi Abdurazzoq aka. 

Ma'lum bölişiça, ayni holat Toşkent viloyati “Avtomagistral” ixtisoslaşgan avtomobil yöllarini quriş-ta'mirlaş davlat birlaşmasi (IAYQTDB) tomonidan 2009 yil 11 avgustdagi 145-son texnik şartlarida ham aks etilgan. 

Bizning e'tiborimizni tortgan jihati şundaki, röyxatdan ötkazilgan qismi umuman aniq bölmagan uşbu hujjatning nusxasi barça tomonlarda bölsa-da, uning original nusxasini şahar hokimligi mutasaddilari taqdim eta olişmadi. Bundan taşqari, mazkur texnik şart 2009 yil 11 avgustida 2 yil muddatga berilgan, ya'ni u 2011 yil 10 avgustida öz kuçini yöqotgan. Hujjat öz kuçini yöqotganidan keyin oradan salkam 2 yil ötganidan söng, 2013 yil 25 aprelda qayta körib çiqilmoqda va uning amal qiliş muddati 2014 yil 31 dekabrgaça uzaytirilmoqda. Bizningça, bu holatda yangi texnik şart berilişi lozim edi. 

Hujjatlarni örganar ekanmiz, yana bir qiziq holatga duç keldik. Bekobod şahar prokuraturasining fuqaro A.Umarqulov arizasiga yozgan javobi haqida bormoqda. 2016 yil 4 fevral kuni röyxatdan ötkazilgan 10/244-M-16-sonli javob maktubida “Komissiyaning 2013 yil 23 avgustdagi 32-son bayoni 1.20-bandida Bekabod şahar Buyuk Ipak yöli (sobiq Ğalaba) köçasida 0,10 ga yer maydonida Savdo va maişiy xizmat körsatiş şoxobçalari qurilişi uçun ruxsat berilgan”i qayd etilgan.