Telegram asosçisi Pavel Durov Moskva şahar Taganka sudining Rossiya hududida messenjerni bloklaş haqidagi qaroriga izoh berdi. Bu haqda u «VKontakte»dagi öz sahifasida yozgan.
«Telegram bloklanişni çetlab ötişning maxsus usullaridan foydalanadi, ular foydalanuvçilardan harakatlar talab qilmaydi, biroq VPN’siz servisga kiriş 100 foizga kafolatlanmagan», - deya xabar bergan Durov.
Uning sözlariga köra, messenjer servislari bloklanişning ilk soatlarida sekin işlaşi mumkin. Durov aloqa bilan muammolar paydo bölganida, Telegram’ni öçirib yubormaslik yoki qayta örnatmaslik, şuningdek, messenjerni öz vaqtida yangilab boriş haqida tavsiya berdi.
«Bloklanganiga qaramay, Telegram rossiyalik barça foydalanuvçilarga bildirişnomalarni markazlaştirilgan holda yuboriş imkoniyatini saqlab qolib, vaziyat rivoji haqida xabardor etib boradi», - deya qöşimça qilib ötdi Durov.















