Angliyaning Surreya Universiteti olimlari uyquga keç yotib, keç uyğonuvçi odamlar ("boyöğlilar")da erta ölim xavfi boşqalarga nisbatan yuqoriroq bölar ekan. MedicalXpress'da şu haqida xabar berildi.
Tadqiqotda 38 yoşdan 73 yoşgaça bölgan 433 mingdan ziyod kişi iştirok etdi, bular tört xronotipga ajratildi: ertalabki, me'yoriy ertalabki, keçki va me'yoriy keçki. Olimlar köngillilarni 6,5 yil davomida kuzatişdi.
Ma'lum bölişiça, "boyöğlilar"da turli sabablarga köra, şu jumladan yurak-qon tomir kasalliklari natijasidagi ölim holati qolganlarga nisbatan 10 foizga yuqori bölar ekan. Bundan taşqari, ular qandli diabet, psixologik va asab buzilişlaridan köproq aziyat çekişar ekan.
Olimlarning sözlariga köra, inson xronotipi qaysidir darajada genetik tomondan aniqlanişini isbotlaşning uddasidan çiqilsa, bu "boyöğli"lar uçun kundalik kun tartibiga, jumladan iş kuni boşlanadigan vaqtga ham özgartiriş kiritiş zaruratiga işora qiladi. Keç uxlab, keç turişga majbur kişilar öz biologik soatlarini surişning iloji yöqligi sabab "kunduzgi rejimdagilar"ga möljallangan dunyoda yaşaşadi, bu esa stress va sutkalik ritmdagi buzilişlarga olib keladi.
Ma'lumki, yozgi mavsumga ötiş yurak xuruji sonini oşiradi. Zero "boyöğli"-kişilarning taxminiy soni 1,3 milliard nafarni taşkil qiladi. Olimlarning ta'kidlaşiça, salohiyatli xavflar barça uçun universal rejim foydasini qayta körib çiqişga undaydi. Biroq muntazam uyqu va ertalabki yoruğ nur yordamida biologik soatlarni qisman suriş mumkin.












