Hyperloop Transportation Technologies (HTT) Fransiyada yölovçi va yuklar taşiş uçun sinov qurilmasi qurilişini boşladi va uni joriy yilda işga tuşirişni rejalaştirmoqda.

12 aprelda Tuluzadagi ilmiy-tadqiqot markaziga uşbu maqsadda quvurlarning ilk partiyasi yetkazilgan. “Quvurlarning içki diametri 4 metrni taşkil qiladi, şu tariqa tizim yölovçi kapsulalarini ham, yuk konteynerlarini ham transportirovka qiliş uçun optimallaştirilgan”, deb aytilgan kompaniyada.

Loyihaning birinçi bosqiçi doirasida uzunligi 320 metr keladigan magistral qismini quriş rejalaştirilmoqda. 2019 yilda tizimning uzunligi 1 km keladigan qismini qurişni yakunlaş rejalaştirilgan. Tizimning quvurlari 5,8 metr balandlikdagi ustunlarga örnatiladi. 

Hozirda işlab çiqilişi bilan Carbures ispan kompaniyasi şuğullanayotgan ilk yölovçi kapsulasi sinov obektiga yiğiş va integratsiya qiliş uçun joriy yozda yetkaziladi.

Hyperloop ğoyasini 2012 yilda SpaceX va Tesla Motors kompaniyalari asosçisi Ilon Mask bildirgan. Ğoya şundan iboratki, yer sirtidagi quvurlarda öta siyrak havo şaroitida 1220 km/soat tezlik bilan yölovçilar va yuklar kapsulalari harakatlanadi. Bunda kapsula havo yostiği effekti hisobiga quvur devorlariga tegmaydi. Ayni vaqtda uşbu ğoyani amalga oşirişda eng köp faollikni Hyperloop One va Hyperloop Transportation Technologies kompaniyalari namoyiş qilmoqda.