Jinoyat işlari böyiça Qaşqadaryo viloyati Nişon tuman sudi sayyor sud majlisida 1969 yilda Qaşqadaryo viloyati Qarşi tumanida tuğilgan, örta ma'lumotli, 4 nafar farzandning otasi Şodiyor Turdiyevni Jinoyat kodeksining 25-moddasi orqali (jinoyatga tayyorgarlik köriş va jinoyat sodir etişga suiqasd qiliş) 186-2-moddasi (çigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravişda işlab çiqariş yoki muomalaga kiritiş) 2-qismi “v” bandida körsatilgan jinoyatni qasddan sodir etganlikda ayblaş haqidagi jinoyat işini körib çiqdi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tergov organi tomonidan Ş.Turdiyev öz xonadonida moy juvoz uskunasi, elektrogeneratorni va 80 kilogramm çigitni saqlab qonunga xilof ravişda mahsulot işlab çiqariş jinoyatiga tayyorgarlikda ayblangan.

Sud dastlabki tergov organi sudlanuvçi Ş.Turdiyevning uyidan olgan juvoz, elektrogenerator, 80 kilogramm çigit mahsulotidan taşqari rad etib bölmaydigan dalilni topmasdan, unga çigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravişda işlab çiqariş va muomalaga kiritiş jinoyatiga tayyorgarlik köriş va jinoyat sodir etişga suiqasd qiliş aybini e'lon qilib, jinoyat işlarini yuritişda haqiqatni aniqlaş va aybsizlik prezumptsiyasi talablarini buzgan deb topdi.

Işdagi holatiga köra, sudlanuvçi Ş. Turdiyev çigitdan olinadigan mahsulotni bevosita işlab çiqarayotgani yoki işlab çiqargani holati aniqlanmagan.

Ş.Turdiyev juvoz uskunasini 2011 yilda kunjut va ziğir moyi işlab çiqarişni yölga quyiş maqsadida sotib olganini, rasman  mas'uliyati çeklangan jamiyat taşkil etib, uning balansiga kirim qilganini, biroq elektr tarmoqlari korxonasi bunday faoliyatga ruxsat bermaganini, şu maqsadda yer ham ajratib berilmaganini, uyidan topilgan çigitni öğli Bobur Jabborov mollariga yem sifatida olganini qayd etib körsatma berdi.
 
Sudda sudlanuvçining vajlarini inkor qiluvçi biron-bir obektiv dalil yöqligi sababli, dastlabki tergovning ayblovi öz tasdiğini topmadi. Şu bois sud jinoiy hodisa yuz bermagan deb topdi va sudlanuvçiga nisbatan Jinoyat-protsessual kodeksining tegişli moddalari tartibida oqlov hukmi çiqardi.

Sud şuningdek, tegişli mansabdor şaxslarning e'tiborini dastlabki tergov ötkazişda yöl qöyilgan kamçiliklarni bartaraf etiş va kelgusida takrorlanmasligi yuzasidan xususiy ajrim çiqardi.