Germaniya kansleri Angela Merkelning ma'lum qilişiça, Germaniya Suriya hukumatiga berilişi mumkin bölgan harbiy zarbalarga qöşilmaydi, deb xabar bermoqda Reuters. Bu haqda u Daniya boş vaziri Lars Lekke Rasmussen bilan Berlinda bölib ötgan uçraşuvdan söng aytib ötdi.

«Germaniya ehtimoliy – hozirça heç qanday qarorlar yöq, biroq men ta'kidlab ötmoqçimanki – harbiy harakatlarda iştirok etmaydi», - deya ma'lum qilgan Merkel.

Şu bilan birga, uning ta'kidlaşiça, Ğarbning kimyoviy quroldan foydalaniş qabul qilib bölinmasligini körsatişga yönaltirilgan sa'y-harakatlarini qöllab-quvvatlaydi.

«Biroq biz kimyoviy quroldan foydalaniş qabul qilib bölmas holat ekanini körsatiş uçun qilinayotgan barça işni qöllab-quvvatlaymiz», - deya aytib ötdi Merkel.