Moskvaning Taganka sudi 13 aprel kuni Roskomnadzorning Telegram messenjerini bloklab qöyiş böyiça talabini qanoatlantirdi. Bu servis FXXga foydalanuvçilar yozişmalarini şifrlaş imkonini beruvçi kalitlar taqdim etilmagani uçun yuz berdi, deb yozmoqda VC.ru.
Arizani körib çiqiş 18 daqiqa vaqtni olgan. Sudya Yuliya Smolina Roskomnadzor va FXX vakillari pozitsiyasini eşitgan – ular Telegram “Axborot töğrisida”gi federal qonunni buzayotganini ma'lum qilişdi. U ma'lumot tarqatuvçi taşkilotlarga maxsus xizmatlar bilan hamkorlik qiliş majburiyatini yuklaydi.
“Telegram’da tarqatilayotgan axborotlarda ekstremizm, terrorizm bölişi mumkin, hamda ular Rossiya va barça fuqarolarga, jumladan messenjer foydalanuvçilarga tahdid tuğdiradi”, - deya aytib ötgan Roskomnadzor vakili.
FXXdan işontirişlariça, kalitlarni ham, ularni nega beriş mumkin emasligi borasidagi ma'lumotni ham olişmagan.













