Davlat bojxona qömitasining Kontrabandaga qarşi kuraşiş boş boşqarmasi xodimlari narkotik moddalar va inson markaziy asab tizimiga kuçli ta'sir etuvçi hamda iste'molga tobelikni keltirib çiqaruvçi psixofaol dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga doir yirik qonunbuzarlik holatini foş qilişdi. Bu haqda KUN.UZ’ga Davlat bojxona qömitasi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Davlat bojxona qömitasi axborot xizmati

Ötkazilgan tezkor tadbir davomida poytaxt hududida joylaşgan dorixonalardan biri aslida ta'mirlaş uçun yopilgan bölişiga qaramay, fuqarolar A.S, J.B, va A.X. tomonidan “Lirika” dori vositalari saqlanayotganligi va ularning noqonuniy savdosi amalga oşirilayotganligi foş böldi.

Natijada, dorixonada hamda uşbu şaxslarga tegişli avtotransport vositalarida sotiş uçun möljallangan, qiymati 46 mln. sömdan ziyod bölgan 2305 dona şu nomdagi dori vositalari, ularning noqonuniy savdosidan orttirilgan salkam 6,5 mln. söm va 294 AQŞ dollari borligi aniqlandi.

Şuningdek, dorixona hojatxonasidagi yuviniş çanoği (rakovina) ortiga  1 dona 1000 sömlik kupyuraga törtburçak şaklida öralgan holda “marixuana” giyohvandlik vositasi yaşirilganligi ma'lum böldi.

Foto: Davlat bojxona qömitasi axborot xizmati

Bundan taşqari, dorixonada 47 xil turdagi 6321 dona dori va gigiyenik vositalar saqlanayotgan bölib, ularning ayrimlarining yaroqlilik muddati allaqaçon ötib ketgani ma'lum böldi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekşiruvlari va suriştiruv jarayonlari davom ettirilmoqda.