AQŞ Ştab boşliqlari birlaşgan qömitasi raisi Jozef Danfordning ma'lum qilişiça, Suriyaga zarbalar seriyasi yakunlandi. Bu haqda u Pentagon rahbari Jyeyms Mettis bilan birgalikda taşkil etilgan matbuot anjumani davomida aytib ötdi, deb xabar qilmoqda Reuters.
Uning sözlariga köra, nişonlardan biri tadqiqot markazi bölgan, boşqasi esa – kimyoviy qurol ombori. Danfordning aniqlik kiritişiça, barça nişonlar Damaşqning «kimyoviy qurol dasturi» bilan aloqador bölgan.
Mettis, öz navbatida, AQŞ hozirça Suriyaga hududiga yana zarbalar berişni rejalaştirmayotganini ta'kidlab ötdi. Pentagon rahbari amaliyotni «bir martalik hujum» deb atagan.












