44 yoşli erkak Qarşi tumanidagi xonadonida eşak söyib, göştini turli bozorlarda sotib kelgan. Uning xonadonidan 247 kg iste’molga yaroqsiz göşt va qariyb 100 ta eşak terisi topilgan. 2026 yil fevral oyida ham eşak göşti sabab sudlanib, ozodligi çeklangan erkakka sudya “marhamat körsatib” yana şu turdagi jazoni tayinladi.

Qaşqadaryoda eşak söyib sotiş bilan şuğullanib kelgan şaxs jinoiy jazoga tortildi. U 3 oyda ikkinçi bor şunday qilmişi uçun sudlandi. Sudning unga nisbatan tayinlagan jazosi esa biroz bahsli.

Xonadondagi kuşxona

1982 yilda tuğilgan I.X. Qaşqadaryo viloyatining turli hududlaridan eşaklarni sotib olib, ularni Qarşi tumanidagi xonadonida söygan. Göştini esa turli bozorlarda sotib kelgan.  

Sud hujjatiga köra, I.X. umumiy hisobda 5 marta sudlangan. Şundan bittasi öğrilik, yana bittasi bosqinçilik bölsa, uçtasi Jinoyat kodeksining 186-moddasi, ya’ni xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni ötkaziş maqsadini közlab işlab çiqariş, saqlaş, taşiş yoxud ötkaziş, işlar bajariş yoki xizmatlar körsatiş jinoyatiga aloqador.

I.X. 2026 yilning özida ikki marta eşak göşti sabab sudlangan.

1-holat

2025 yil 22 oktyabr kuni Qaşqadaryo viloyati IIB va Qarşi tumani IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir ötkazilgan. Unda I.X.ning yaşaş xonadonidan iste’molga yaroqsiz bölgan 61 kg göşt, 112 ta eşak terisi va 15 ta eşak qovurğalari topilgan. 

Qözğatilgan jinoyat işi JIB Kasbi tuman sudida körib çiqilgan. Uşbu sudning 2026 yil 20 fevraldagi hukmi bilan I.X. Jinoyat kodeksining 186-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etişda aybli deb topilgan. Unga 2 yil ozodlikni çeklaş jazosi tayinlangan.

2-holat

2025 yil 28 dekabrda içki işlar xodimlari I.X.ning xonadonida yana tezkor-tadbir ötkazgan. Bu safar iste’molga yaroqsiz 247 kg göşt, eşak suyaklari va 99 ta teri topilgan.

Ayni şu kuni Qarşi tumanining Paxtazor mahallasidagi mol bozorida göşt sotiş bilan şuğullanib kelgan fuqaro Yu.A.dan (ayol kişi) 127 kg eşak göşti rasmiylaştirib olingan. U uşbu göştni I.X.dan kilosini 60 ming sömdan sotib olgan bölgan.