Odamlar köçadagi biror oşxonada ovqatlansa, oşpaz yoki ofitsiantdan yarim hazil, yarim çin aralaş “Eşak göşti qöşilmaganmi?” deb söraydigan bölişdi. Afsuski, bu savol öz-özidan paydo bölib qolgani yöq. Qaşqadaryodan Toşkent şahriga olib kelinayotganda aniqlangan 361 kg eşak göşti voqeasi poytaxtga tonnalab iste’molga yaroqsiz göşt mahsulotlari kirib kelayotgan bölişi mumkinligini körsatdi.

Qozondan bir çömiç

25 may kuni Sirdaryoda 361 kilogramm eşak göştini olib ketayotgan haydovçi töxtatib qolindi. Qarşi—Toşkent yönalişi böylab harakatlanib kelayotgan Lacetti maşinasi töxtatilib, xolislar iştirokida közdan keçirilgan. Tekşiruv davomida maşinaning yukxonasidan göşt mahsulotlari topilgan.

Suhbat davomida haydovçi uşbu göşt mahsulotlari öziga tegişli emasligini, balki uni aytilgan manzilga olib ketayotganini bildirgan.

Sirdaryo viloyati IIB JTSB karantin tadbirlarini ta’minlaş guruhi xodimining sözlariga köra, transport vositasida noma’lum hayvonga tegişli 361 kilogramm göşt borligi aniqlangan. Uşbu göşt mahsulotlari Sirdaryo viloyati Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş boşqarmasi laboratoriyasiga topşirilgan va ular eşak göşti ekani tasdiqlangan.

Hozirda holat yuzasidan Sirdaryo tumani IIB tergov bölimi tomonidan suriştiruv işlari olib borilayotgani bildirilgan.

Afsuski, bu holat qozondan bir çömiç xolos: Toşkent şahriga tonnalab eşak göşti olib kelinayotgan va bularning barçasi ham aniqlanmayotgan bölişi mumkin.

“Kilosini 20 ming sömdan sotardim”

Eşak söyib sotişni kimlardir biznesga aylantirib olgan. Yaqinda şunday kimsalar jinoiy jazoga tortildi. Ya’ni Toşkent viloyatida eşak söyib sotgan va uşbu göştni xarid qilgan yigitlar sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etildi.

Sud hujjatida keltirilişiça, 2025 yil 7 yanvar kuni huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari tomonidan Toşkent viloyatida tezkor örganiş ötkazilgan. Unda mahalla hududidagi qarovsiz dala şiyponida 23 ta tirik va 15 ta söyilgan holdagi eşak topilgan.

2025 yil 9 yanvar kuni Hikmat (materialdagi barça ismlar özgartirilgan) dala şiyponida eşaklarni söyib, göştini iste’mol uçun ötkaziş maqsadida olib ketayotganda Nurafşon şahri hududida uşlangan. Tadbir davomida u 200 kg eşak göştini Toşkent şahrida yaşovçi Asomiddinga kilosini 20 ming sömdan sotişga kelişganini aytgan. Hikmat öz ixtiyori bilan tezkor tadbirda iştirok etişini ma’lum qilib, aybiga iqrorlik va puşaymonlik bildirgan.