Fransiya Mudofaa vazirligi Twitter’dagi mikroblogida Suriyaga 14 aprelga ötar tunda köp nişonli fregatlardan biridan berilgan raketa zarbasi videosini e'lon qildi.
"Nişon – Suriya rejimi tomonidan kimyoviy qurol işlab çiqariş böyiça markaz", - deyiladi ijtimoiy tarmoqdagi xabarda, unga video ham qöşib qöyilgan.
Avvalroq Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning ma'muriyati – Yelisey saroyi – Twitter’dagi rasmiy sahifasida Suriyaga zarba beriş uçun parvozga kötarilgan samolyotlar tasvirlangan videoni e'lon qilgandi.
Eslatib ötamiz, bundan avval Fransiya prezidenti Emmanuel Makron AQŞ, Britaniya va Fransiya kuçlari Suriyadagi obektlarga zarbalar bergaç bayonot bilan çiqdi. «Men Fransiya qurolli kuçlariga AQŞ va Buyuk Britaniya bilan koalitsiyadagi xalqaro amaliyot davomida Suriya hududiga kirişga buyruq berdim. Bu Suriya rejimi kimyoviy arsenaliga qarşi yönaltirilgan harakat», - deyiladi Makronning bayonotida.











