Xitoy hukumati 2018 yil may oyidan viloyatlar ma'muriyatlariga viloyat yöllarida haydovçisiz avtomobillarni sinovdan ötkaziş imkoniyati haqida mustaqil qaror çiqarişga ruxsat beradi. Bu haqda Quartz xabar bermoqda. Bungaça bunday sinovlarni faqatgina Pekin va yana bir neçta şaharlarda amalga oşirişga ruxsat berilgan.
Kompaniya sinovlarga ruxsat oliş uçun sinovlarni dastlab yopiq yöllarda ötkazişi kerak. Bundan taşqari, maşina rulida kamida 3 yillik haydovçilik tajribasiga ega odam ötirişi kerak. Şuningdek, haydovçisiz avtomobil içidagi kuzatuv kameralari yozib olgan tasvirlar 3 yil saqlanişi lozim.
Yaqinda AQŞning Kaliforniya ştati rahbariyati haydovçisiz avtomobillarga ularning harakatlanişini kuzatadigan odamsiz yöllarda harakatlanişga ruxsat berdi. Bunday tajribalar Nevada, Miçigan va Arizona ştatlarida ham ötkazilmoqda. AQŞda hammasi bölib 50 dan köproq kompaniya haydovçisiz avtomobillarni sinovdan ötkaziş bilan şuğullanadi, ular orasida Google, Telsa, Toyota kabi yirik kompaniyalar bor.
Yaqinda Uber ölim bilan yakunlangan avariya sababli bu sohadagi yönalişini yopişga qaror qildi. Arizonada Uber’ning haydovçisiz avtomobili yölni belgilanmagan joyidan kesib ötayotgan velosipedçini urib yuborgan. Politsiya ayb ayolda ekanligini tan olganiga qaramay, kompaniya bunday avtomobillarni vaqtinçalik sinovdan ötkazmaslikka qaror qildi.












