Namangan tumani Qoraköl qişloğida viloyat IIB tomonidan veterinariya boşqarmasi bilan hamkorlikda «Karantin nazorati» maskani taşkil etildi. Bu haqda KUN.UZ'ga viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etiş joiz, içki işlar idoralari tomonidan örganilganda, “4-R112-Farğona” halqa yöli orqali viloyatni epizotik va epidemik vaziyatini buzilişiga sabab böluvçi mahsulotlarni olib kirilayotganligi aniqlangan. Şu sababdan barça kiriş avtomobil yöllarida monitoring tartibida veterinariya nazoratidan ötkaziş maqsadga muvofiq deb topildi.

Foto: Namangan viloyat IIB matbuot xizmati

Şu nuqtai nazardan olganda, yangi oçilgan maskanning asosiy vazifasi viloyatdagi epizotik-epidemik vaziyatini barqarorligini ta'minlaş, qöşni viloyatlardan tegişli hujjatlarsiz, şuningdek veterinariya nazoratini çetlab ötgan çorvaçilik mahsulotlarini, hayvonlar va yuklarni kirib kelişi va çiqib ketişini nazorat qilişdir.
«Karantin nazorati» maskanida kiçik hajmli tezkor göşt, sut, tuxum, baliq mahsulotlarini iste'mol uçun yaroqliligini aniqlovçi laboratoriya mavjud. Yölga qöyilgan xizmatlar orqali mahsulotlarni taşuvçi tadbirkorlarga qulayliklar yaratiş, köp vaqtini olmaslik, hamda sifatsiz mahsulotlarni şu joyni özida aniqlab viloyat hududiga kirişiga yöl qöymaslik va belgilangan tartibda yöq qiliş közda tutilgan.

Foto: Namangan viloyat IIB matbuot xizmati


                                                                                                                                                                                                                                                 Oqilxon DADABOYeV.