“Fokus” naşri talqiniga köra, 2016 yil Ukrainaning eng boy odamlar yetakçi öntaligidan oxirgi örin egallagan prezident Pyotr Poroşenkoning 2017 yil natijalariga köra boyligi 589 mln dollardan 542 mln dollargaça kamaygan va u joriy reytingda 11-öringa tuşib ketgan. Bundan 13 aprelda e'lon qilingan Ukrainaning eng badavlat odamlari yuztaligi darak bermoqda.

“Fokus” ma'lumotlariga köra, 2017 yilda ukrainalik oligarxlarning umumiy kapitali deyarli 2 mlrd dollarga ösib, 27 mlrd dollarni taşkil qilgan. Şu bilan birga reytingga kirgan 18 kişining boyligi 2016 yilga nisbatan kamaygan.

Reytingning eng yuqori poğonasini navbatdagi marta Rinat Axmetov egallamoqda. 2016 yilga nisbatan uning boyligi uçdan bir qismga köpayib, 3,1 mlrd dollarni taşkil qilgan. Uning ortidan “Privat” guruhi egasi Igor Kolomoyskiy (1,6 mlrd dollar), Gennadiy Bogolyubov (1,5 mlrd dollar), EastOne egasi Viktor Pinçuk (1,4 mlrd dollar) kelmoqda. Yetakçi beştalikni 1 mlrd dollarlik boylik bilan Konstantin Jyevago yakunlamoqda.

Yangi reytingga 12 nafar yangi şaxs kirgan. Eng boy ukrainaliklar orasida 3 nafar ayol bor: Galina Gerega (“Episentr” kompaniyasi, röyxatda 12-örin), Nataliya Bondareva (“Bayyadera grupp”, 35-örin), Filya Jyebrovskaya (“Farmak”, 40-örin).

Naşrning ta'kidlaşiça, örta statistik ukrainalik multimillioner 54 yoşda, uylangan va 259 mln dollar boylikka ega. Reytingning eng yoş vakili Maksim Mikitas 37 yoşda bölib, 129 mln dollarga ega (59-örin). Eng keksa vakili esa 79 yoşli Vyaçeslav Boguslayev bölib, uning boyligi 327 mln dollarni taşkil qilgan (21-örin).